10:45 / 05.01.2022
1 737

Buxoroda mast ota o‘ziga tanbeh bergan 18 yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoroda mast ota o‘ziga tanbeh bergan 18 yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2021 yilning 30 dekabr kuni fuqaro jahl ustida o‘z o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqaramasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 18:30 atrofida «Denov» mahallasida yashovchi S.Z. (1980 yilda tug‘ilgan) spirtli ichimlik ichib, uyiga mast holda kirib kelgan. Otasining surunkali ichib kelaverishidan charchagan o‘g‘li (2004 yilda tug‘ilgan) U.N. otasiga tanbeh bergan. Bundan jahli chiqqan ota avvaliga o‘g‘lini haqoratomuz so‘zlar bilan so‘kkan. Shundan so‘ng xonadonda ota va o‘g‘il o‘rtasida o‘zaro janjal ko‘tarilgan. Jahlini jilovlay olmagan ota o‘g‘lining qorin sohasiga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda U.N. ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, tuman kasalxonasida vafot etgan.

Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda mast ota o‘ziga tanbeh bergan 18 yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi