Namangan viloyati Chust tumanida bank xodimi fuqaroning pullarini o‘mardi, deya xabar qilmoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.
Ma’lum qilinishicha, 28 dekabr kuni shu tumanda yashovchi fuqaro (1968 yilda tug‘ilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z nomiga rasmiylashtirilgan ATB «Agrobank»ka tegishli plastik kartasidan 45 million 600 ming so‘m pulni noma’lum shaxs yechib olganini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi bank xodimi (1991 yilda tug‘ilgan) sodir etgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda