16:25 / 06.01.2022
1 287

Navoiyda oltinni noqonuniy kovlab olishga uringan 5 kishini tuproq bosib qoldi

Navoiyda oltinni noqonuniy kovlab olishga uringan 5 kishini tuproq bosib qoldi
Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati
Navoiy viloyatida tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni noqonuniy qazib olmoqchi bo‘lgan 5 kishi tuproq bosib qolishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 23 dekabr kuni soat 23:30 larda Konimex tumani Karakata OFYning cho‘l hududidagi «Lolazor» nomi bilan ataluvchi konda tarkibida oltin zarralari bo‘lishi mumkin bo‘lgan qumlarni noqonuniy kovlab olish bilan shug‘ullanuvchi bir guruh fuqarolarni tosh-qum massasi bosib qolgan.

Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVBning kuch va vositalari hamda FVDTga kiruvchi xizmatlar yetib borgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Buxoro viloyatidan bo‘lgan 5 nafar fuqaroning jasadlari topilgan va sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish maqsadida Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati
FVV matbuot xizmatining «Daryo» so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, ularning jasadlari 4 yanvar kuni 30 metr chuqurlikdan olib chiqilgan. Buning uchun 5 ta texnika va 63 nafar xodim hamda ishchi-xizmatchi jalb etilgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish uchun Navoiy viloyati IIB va Konimex tuman IIB TTG xodimlari hamda Konimex tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda oltinni noqonuniy kovlab olishga uringan 5 kishini tuproq bosib qoldi