Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati
Samarqandda ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 7 yanvar kuni Samarqand viloyat IIB boshlig‘i nomiga fuqaro S. ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahrida yashovchi N.A. ismli shaxs M. va Sh. ismli qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborishini aytib, ulardan 3500 dollar miqdorida pul so‘raganini bildirgan va N.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ariza yuzasidan 8 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilib, Samarqand shahar Shota Rustaveli ko‘chasida yashovchi N.A. ismli shaxs M. va Sh. ismli qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborish uchun kelishilgan 3500 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.
Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «b» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar