10:29 / 11.01.2022
1 993

Navoiyda uxlab yotgan erini bolta bilan chopib tashlagan ayol 16 yilga qamaldi

Navoiyda uxlab yotgan erini bolta bilan chopib tashlagan ayol 16 yilga qamaldi
Navoiy viloyati Navbahor tumanida turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan ikki bolaning onasiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Yangi davr» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 1 avgust kuni tumanning «Kelachi» mahallasida yashovchi ayol o‘zaro mojarodan g‘azablanib, uxlab yotgan erining bo‘yniga bolta bilan urgan. Erkak birinchi zarbadayoq o‘lishiga qaramay, tanaga yana 13 marta zarba bergan.

So‘ng tanasiga qon sachragan o‘g‘lini yuvintirib, ota uyiga ketgan. Jinoyat izini yo‘qotish uchun kelinlik uyiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan, ammo uddalay olmagan. Sud unga nisbatan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda uxlab yotgan erini bolta bilan chopib tashlagan ayol 16 yilga qamaldi