11:27 / 12.01.2022
1 131

Bog‘chalarda karantin tartiblari kuchaytiriladi

Bog‘chalarda karantin tartiblari kuchaytiriladi
Xabaringiz bor, yurtimizga koronavirusning omikron shtammi kirib kelganida so‘ng ma’lum cheklovlar o‘rnatildi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi ham bog‘chalarda cheklovlar kuchaytirilganini ma’lum qildi.

- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «COVID-19» pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar»ga qat’iy rioya etiladi;

- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;

- ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);

- yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;

- mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘chalarda karantin tartiblari kuchaytiriladi