
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 22.02.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor H.Quvondiqov undiruvchi D.Uralova foydasiga 1/2 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan bo‘lim davlat ijrochi J.Jo‘raqulov tomonidan undiruvchi D.Uralova foydasiga 4.000 AQSH dollari miqdorida aliment qarzdorligi to‘liq undirib berildi.
Majburiy ijro byurosining oilalarning muqaddasligi va jamiyatdagi o‘rni bo‘yicha olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu ajrimdagi oila tiklandi.
Endilikda ikki nafar voyaga yetmagan farzandlar ota-ona bag‘rida ulg‘ayishmoqda. Mazkur ijro ishi qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlandi.
Fuqarolik IshlariMirzo Ulug‘bek TumaniAliment UndirishMajburiy IjroOila TikanishiVoyaga Yetmagan Farzandlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar