17:55 / 13.01.2022
1 276

«Kechiktirib bo‘lmas kompleks choralarni ko‘rdik» — Shavkat Mirziyoyev

«Kechiktirib bo‘lmas kompleks choralarni ko‘rdik» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot kotibi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari yig‘ilganlarni, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiylar va soha faxriylarini bayram bilan tabriklagan.

«Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlarimiz va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati samaradorligini tahliliy ko‘rib chiqish va kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish yaxshi an’anaga aylangan.

Ushbu majlis ulug‘ sana — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi arafasida o‘tkazilmoqda
», — deydi prezident.

Foto: Prezident matbuot kotibi
Davlat rahbari islohotlar natijasida mamlakat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiya shakllanayotganini ma’lum qilgan.

«Biz 2016 yilda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qildik. Va besh yillik istiqbolga mo‘ljallangan, kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks choralarni ko‘rdik.

Aniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma’no-mazmuni ham tubdan o‘zgarmoqda. Qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda
», — degan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kechiktirib bo‘lmas kompleks choralarni ko‘rdik» — Shavkat Mirziyoyev