9 yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.
Qayd etilishicha fuqaro shu kuni soat 06:40 larda, Namangan shahar hududida joylashgan jome masjidiga namoz o‘qishga kelib, masjid kirish eshigidagi ilgichga egnidagi kurtkasini ilib kirib ketganligidan foydalangan noma’lum shaxs, kurtkasining cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik «Oppo A54» rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi