Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va xonanda Yulduz Usmonova o‘rtasida davom etayotgan sud ishi yana shoir foydasiga hal bo‘ldi. Toshkent shahar sudlari rasmiy telegram-kanalida xabar berilishicha, bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugadi.
«Sudning ajrimiga ko‘ra, da’vogar Y.Ro‘ziyevning javobgar Yu.Usmanovaga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021 yil 29 oktabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protest) berilishi mumkin», deyiladi xabarda.
Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va Yulduz Usmonova o‘rtasidagi sud ishi davom etayotgani haqida xabar bergandik.
Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudi Yulduz Usmonovadan shoir foydasiga «Xasta bo‘lma» nomli she’ridan mualliflik huquqini buzib foydalangani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargandi.
29 oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yu.Usmonovadan da’vogar Y.Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobari miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan edi.
Shundan so‘ng Yulduz Usmonova Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi