1 175
Markaziy bank raisi: «Kelgusida har bir tumanda bank filiallari bo‘lishi tizimidan qochmoqchimiz»
«Xalq banki» 2022 yilda 40 ga yaqin filiallarini yopib, ularning o‘rniga zamonaviy bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishni rejalashtirgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Biz banklar xarajatlarini qisqartirish borasida hamma tijorat banklarimizga Markaziy bank sifatida o‘zimizning ko‘rsatma va tavsiyalarimizni berganmiz. Kelgusida har bir tumanda, yirik-yirik shaharlarda bank filiallari bo‘lishi tizimidan qochmoqchimiz. Bizda «Aloqa bank» to‘liq yagona tizimga o‘tdi. Bu degani «Aloqa bank»ning joydagi bo‘linmalari bank xizmatlari ofisi markazlash funksiyasini bildiradi», — deydi u.
Markaziy bank raisining so‘zlariga ko‘ra, bu orqali bankdan qo‘shimcha xarajatlar kamaytiriladi.
«Ushbu vazifa barcha tijorat banklari oldiga qo‘yilgan va bu jarayon hozir keng tus olib amalga oshirilmoqda. Yaqinda «Xalq banki» raisi bilan gaplashganimizda bu yilning o‘zida 40 ga yaqin filiallarini yopib, ularning o‘rniga zamonaviy bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishni rejalashtirgan», — deya qo‘shimcha qiladi Mamarizo Nurmurotov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi