
Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazdi. Unda davlat rahbari noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlarni tanqid qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, joylarda yerlarni auksionga chiqarish orqali 2022 yilda 400 milliard so‘m tushumni ta’minlash rejasi mutlaqo qoniqarsiz.
Prezidentning ta’kidlashicha, Toshkent viloyatida 14 gektar yer uchastkasi 3,5 million dollarga noqonuniy yo‘llar bilan sotilgan.
«Bu hamma rahbarlarni o‘ylantirishi kerak. Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda? Tasavvur qiling, davlat qanchadan qancha pullarni yo‘qotmoqda! Bu pulga qancha maktab, qancha bog‘cha va yo‘l qurish mumkin edi. Nega shuni hokimlar o‘ylamaydi?
Vaholanki, ushbu viloyatda o‘tgan yil davomida yer uchastkalarini sotishdan atigi 18 milliard so‘m mablag‘ tushgan. Bu bozor narxida nari borsa 5-10 gektar yerning narxi», — deya qayd etgan Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat MirziyoyevToshkent viloyatiYer uchastkasiDavlat aktivlariNoqonuniy sotishAuksion rejasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar