
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 06.01.2013 yildagi SV1179-sonli ijro hujjatiga asosan qarzdor S.A.dan undiruvchi X.A. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan va qarzdorga uning qonunda ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilgan.
Qarzdor S.A. undiruvchi X.A. bilan o‘zaro kelishgan holda 17.01.2022 yil kuni farzandining 18 yoshgacha to‘lguniga qadar bo‘lgan vaqt uchun hisoblangan 75.000.000 so‘m miqdorda aliment pullarini avvaldan tilxat asosida undiruvchi X.A.ga topshirdi va mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.
Fuqaro MurojaatFarg‘ona Tumanlararo SudAliment UndirishMajburiy IjroQarzdor HuquqlariOylik Daromad O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar