Kuni kecha, 21 yanvar kuni «Rost24» sayti tashabbusi bilan mamlakatimizning faol jurnalistlari va blogerlari e’tirofi asosida ta’sis etilgan «Yil tanlovi» an’anaviy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlashda OAV vakillari, blogerlar, tashkilotlar matbuot kotiblari, deputatlar, jamoat arboblari ishtirok etishdi.
«Telegramda o‘tkazilgan so‘rovnomani 1 millionga yaqin internet foydalanuvchilari kuzatishdi. Shundan 500 mingga yaqini ovoz berishda ishtirok etdi. Tanlov faqat telegramdagi so‘rovnoma bilan cheklanilgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ovoz olgan ishtirokchilar keyingi bosqichda jurnalist va blogerlar tomonidan baholandi. 200 nafar faol jurnalist va blogerlarga so‘rovnoma jo‘natilgan. Shundan 156 nafari jo‘natilgan so‘rovnomaga ovoz berdi», – deydi sayt muxbiri Sardorbek Poyonov.
Quyida g‘oliblar nomini ko‘rishingiz mumkin:
«Respublikada eng yaxshi tuman» nominatsiyasi bo‘yicha:
3-o‘rin: Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani
2-o‘rin: Toshkent shahri Yangihayot tumani
1-o‘rin: Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
«Eng namunali jamoat tashkiloti» nominatsiyasi bo‘yicha:
3-o‘rin: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi
2-o‘rin: O‘zbekiston Notarial palatasi eng namunali jamoat tashkiloti
1-o‘rin: O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi
«Yilning eng namunali vazirligi» nominatsiyasi bo‘yicha:
2-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi
1-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
«Yilning eng namunali viloyat hokimligi» nominatsiyasi bo‘yicha:
2-o‘rin: Farg‘ona viloyati hokimligi
1-o‘rin: Samarqand viloyat hokimligi
«Yilning eng faol siyosiy partiya yetakchisi» − Alisher Qodirov, «Milliy tiklanish demokratik partiyasi» raisi
«Yilning eng faol tuman kengashi deputati» − Jahongir Ziyayev
«Yilning eng faol parlament deputati» − Rasul Kusherbayev
«Xalq dardini kun tartibiga qo‘ya olgan deputat» − Doniyor G‘aniyev
«Yilning eng faol va ishbilarmon bosh muharriri» − «Ishonch» gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov
«2021 yilning media lideri» − Sherzod Qudratxo‘ja
«Yil odami» − Eldor Shomurodov
«Yilning eng yaxshi tashabbusi» − Madaniyat vaziri tomonidan start berilgan do‘ppi kiyish aksiyasi
«Yil yangiligi» − 235 nafar millatparvar ajdodlarimizning oqlanishi
«O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari bilan eng yaqin munosabatlarni o‘rnatgan elchixona» − Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
«Yil Ayoli» − Lobar Marqayeva (Samarqandning Nakurt qishlog‘idan) “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi