
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi Kamoliddin Xidirov ishdan olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.
K.Xidirov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvoligi va intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan chetlatilgani ta’kidlanadi xabarda.
Bundan tashqari, o‘z xohishiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi Muattar Allayarovaning ham sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar