Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari “Ayollar daftari”ga kiritilgan va uy-joyini ta’mirlashga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyini tizimli ravishda ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Bunda, har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga mahalliy budjet prognozining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratilishi nazarda tutiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning farzandlarini salomatligini mustahkamlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning farzandlariga davolash, dori-darmon olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamg‘armasi va Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Belgilab qo‘yilishicha, “Ayollar daftari” yuritilishi bo‘yicha sektorlar rahbarlari va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul hisoblanadi.
“Ayollar daftari”ning yuritilishi, ularga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, tizimli ko‘maklashish va ko‘rilayotgan choralar natijadorligini baholash yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etiladi:
a) har oyda sektorlar rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari xalq deputatlari mahalliy kengashlarida hisobot berib boradi va ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan mahallabay “Yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi;
b) har chorakda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Ayollar daftari”ning yuritilishi yuzasidan hududlar bo‘yicha hisobot va tahliliy materiallarni O‘zbekiston bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasiga kiritadi;
hududlar faoliyatiga baho berilishi, shuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etish bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topshiriq xatlari yuborilishini ta’minlaydi.
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan “Ayollar daftari”ning yuritilishi hamda uning natijalari bo‘yicha har yarim yilda bosh vazirga axborot berib boriladi;
v) zarurat bo‘lganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisida muhokama qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisida ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tizimli va respublika darajasidagi muammolarni hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas