14:43 / 28.01.2022
2 524

Surxondaryoda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv to‘g‘risida ma’lumot berildi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv to‘g‘risida ma’lumot berildi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berib, janjal nima sababdan yuzaga kelganiga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 19 dekabr kuni soat 15:00 larda Denov tumani «Ushor» mahallasida yashovchi fuqaro N.N. qo‘shnisi O.A. bilan o‘zaro tortishib qolib, bir-birlarini haqoratlagan va tan jarohati yetkazgan. Janjal qarindosh bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida oldindan davom etib kelayotgan yer masalasidagi kelishmovchilik sabab yuzaga kelgan va unga T.X., N.A., R.A. hamda O.L. ismli shaxslar aralashgan.

Holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, 2022 yil 11 yanvar kuni huquqbuzarlarga tegishli chora ko‘rish uchun ma’muriy tartibda Denov tuman sudiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv to‘g‘risida ma’lumot berildi