18:23 / 28.01.2022
1 136

O‘zbekistonda 2021 yilda 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi OTMga kirmagan

O‘zbekistonda 2021 yilda 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi OTMga kirmagan
Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda davlat rahbari maktab ta’lim tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha 1 695 ta maktab mukammal ta’mirga muhtojligi, 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari zarurligi tanqid qilingan.

Bundan tashqari, yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi o‘sishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor. Hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas.

Ta’lim sifati past bo‘lgan 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi o‘tgan yili oliygohga kirmagan. Maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan. Milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjud hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2021 yilda 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi OTMga kirmagan