
Toshkent viloyatida xonadonda saqlanayotgan 45 kilogramm giyohvandlik vositasi fosh etildi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Qayd etilishicha, viloyat IIBB va Yangiyo‘l shahar IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan «Xavfsiz hudud» tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Unda Yangiyo‘l shahar «Qovunchi tepa» mahallasida yashovchi A.Q.ning (1977 yilda tug‘ilgan) yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada fuqaro uyining omborxonasida 8 qop va 2 karton qutiga vazni, taxminan, 25 kilogramm, xonadonning tomiga 20 kilogramm marixuana yashirilgani aniqlangan. Mazkur modda xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-, 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent ViloyatiGiyohvandlik VositalariJinoyat KodeksiXavfsiz HududYangiyo‘l ShahriA.Q O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar