Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish hamda ularning vakolatlarini kengaytirish va aniq belgilanadi. Bu haqda 2022 yilgi davlat dasturida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2022 yil maygacha tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida ayrim deputatlarning doimiy asosda ishlash tartibi joriy etiladi.
Iyul oyigacha mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak.
Sentabrgacha esa mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida «Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilishi aytilgan.
Shuningdek, deputatlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi vakolatlari ham kengaytiriladi. Rejaga ko‘ra, 2022 yil maygacha quyidagi masalalarni hal qilish deputatlar vakolatiga o‘tkaziladi:
ichimlik va oqova suv, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlash;
hududlarda davlat ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash.
Hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish tizimini qayta ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi