19:07 / 31.01.2022
1 466

Haqorat qilish o‘lim bilan yakunlandi

Haqorat qilish o‘lim bilan yakunlandi
Buxoro viloyatida kelishmovchiliklar sabab 21 yoshli yigitni urib o‘ldirgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Tergov departamenti ma’lum qildi.

28 yanvar kuni 31 yoshli J.J., Kogon tuman Jomard qishlog‘i 71-uy oldidan o‘tgan ichki yo‘lda 21 yoshli I.A. bilan uchrashib, o‘zaro bo‘lgan kelishmovchiliklar oqibatida janjallashib qolib, natijada J.J. fuqaro I.A.,ni bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan urib, I.A.,ga og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Natijada I.A. olgan tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Buxoro filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilib va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan J.J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «g» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, J.J. bir kun oldin mast holda bo‘la turib, jabrlanuvchi bilan telefon orqali janjallashgan, so‘ngra yuqorida ko‘rsatilgan manzilda uchrashgan va unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haqorat qilish o‘lim bilan yakunlandi