Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi
Samarqandda qoidabuzar haydovchining telefonini tortib olishga uringan viloyati YHXB xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati boshlig‘i ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 23 yanvar kuni Narpay tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 102-kilometrida xizmat vazifalarini olib borayotgan viloyat IIB YHXB 4-otryadi xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlanib kelayotgan Nexiaga to‘xtash ishorasini bergan vaqtida, haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, harakatlanib ketgan.
Shundan so‘ng, haydovchi I.N (2001 yilda tug‘ilgan) ushlanib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtotransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi inspektorni tasvirga olmoqchi bo‘lgan vaqtida xodim fuqaroning qo‘lidagi telefonini tortib olishga harakat qilgan.
Xodimning harakatiga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Natijasi to‘g‘risida tekshiruv yakuniga ko‘ra xabar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi