East Fruit nashri tahlilchilari joriy mavsumda O‘zbekiston bozorida yangi olma narxining g‘ayritabiiy darajada yuqoriligiga e’tibor qaratishdi.
Hozirgi vaqtda mashhur navlarning ulgurji narxlari, hatto o‘rtacha sifatli ham, import qilinadigan sitrus mevalar ya’ni mandarin va banan narxlaridan yuqori. Sifatli olma esa undan ham qimmatroq sotiladi. Saqlanishi qiyin bo‘lgan uzum va kamyob nokdan keyin olmaning narxi qimmatligi bilan ajrab turadi. Albatta, bozorda banan, apelsin yoki mandarinlardan arzonroq sotiladigan mashhur olma navlari mavjudligini ta’kidlash kerak. Mahalliy navlar yoki o‘rta va past sifatli «Renet Simirenko»ning ulgurji narxlari «Golden Delishez» va «Grenni Smit» navlariga qaraganda deyarli ikki baravar past va 1 kg uchun 8000 so‘mdan boshlanadi, bu esa 74 AQSH sentiga teng.
Ukraina yoki Moldovada bunday olma narxi 2-3 baravar past ekanligini hisobga olsak, bu ham juda qimmat.
O‘zbekistonda olma narxining bunchalik qimmat bo‘lishining sababi nimada? Ko‘pchilik buni ob-havoning noqulayligi tufayli olma hosilining kamligi bilan bog‘laydi. Xususan, «Fruit House Organics» kompaniyasi direktori, intensiv bog‘dorchilik bo‘yicha mutaxassis Shuhrat Abrorov East Fruit nashriga bergan intervyusida ko‘plab viloyatlardagi olma hosiliga bahorgi kutilmagan ayozlar jiddiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Afsuski, O‘zbekiston bog‘larida sovuqdan himoya qilish tizimlari, qoida tariqasida, ta’minlanmagan.
Ikkinchi sabab — bu yil Eronda olma narxining nisbatan yuqoriligi, bu kamomadni qisman qoplashi mumkin. Eron mahalliy savdogarlarining fikricha, 2021 yilda 2020 yilga nisbatan kamroq olma hosili olingan, bu esa, shubhasiz, O‘zbekistonda hosilning bir qismini nobud qilgan bahorgi ayozlarning ta’siriga sabab bo‘lgan.
Uchinchi sabab — O‘zbekistonning boshqa olma eksport qiluvchi mamlakatlardan uzoqda joylashganligi, bu mamlakatga yangi olma yetkazib berishni ancha xarajatga tushirmoqda. 2021 yilda dunyoning barcha mamlakatlarida logistika narxi ham keskin oshgani bu muammoni yanada kuchaytirmoqda. Qo‘shni Tojikiston allaqachon Ukraina va Moldovadan olma import qiladi, lekin bu yerda narxlar ham ancha yuqori. Vaholanki, O‘zbekistonda hech bo‘lmaganda Moldova olmasi allaqachon do‘konlarda paydo bo‘la boshlagan.
Yuqoridagi jadvalda ko‘rib turganingizdek, eng ommabop navli olma narxi qimmatligi bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi hisoblanadi. Bu yerda narxlar qo‘shni Tojikistondagidan deyarli ikki baravar, «Golden Delishez» olmalari esa Ukrainanikidan yetti barobar qimmatroq. Agar olmaning eng arzon navlari narxlarini hisobga oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda narxlar Ukraina bozoridagidan o‘rtacha 3,5 baravar yuqori.
Mintaqalararo olma bozoridagi vaziyatni inobatga olsak, kelasi mavsum boshlanmaguncha O‘zbekistonda olma narxining pasayishi kutilmayapti. Bu shuni anglatadiki, mamlakatda sovuqdan himoya qilish tizimlarini o‘rnatgan va bahorgacha olma saqlashi mumkin bo‘lgan zamonaviy meva saqlash joylarini qurgan bog‘bonlar mavsum oxirida juda yuqori daromad olishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar