17:00 / 03.02.2022
1 043

Toshkentga Xitoydan 20 ta elektrobus olib kelindi

Toshkentga Xitoydan 20 ta elektrobus olib kelindi
Foto: «Toshshahartransxizmat»
1 fevral kuni Toshkentga Xitoyning Yutong Bus Co. Ltd kompaniyasida ishlab chiqarilgan ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo‘lgan ZK6126BЕVG rusumli 20 ta elektrobus keltirildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, elektrobuslarni quvvatlantiruvchi 10 ta uskuna ham xarid qilingan. Bugungi kungacha poytaxtga 6 ta elektrobus kirib kelgan bo‘lib, jamiyat tarkibidan yo‘nalishlarni taqsimlovchi, elektrobuslarning texnik holatini o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan va unga umumiy hisobda 56 nafar xodim jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu yangi, zamonaviy va qulay elektrobuslar tez kunlarda yo‘nalishlarga chiqariladi.

Foto: «Toshshahartransxizmat»

Foto: «Toshshahartransxizmat»
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Belkommunmash» rahbari Vladimir Korol o‘rtasida 2018 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Belarus elektrobuslaridan birini Toshkentda sinab ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 450 ming dollarga xarid qilingan birinchi elektrobus Toshkentda 2019 yilning 13 sentyabridan harakatlanishni boshlagandi.

2020 yilning mart oyidan boshlab esa Toshkentning 52-avtobus yo‘nalishi (Beshyog‘och—Yunusobod) bo‘ylab Xitoyning Yutong elektrobusi sinov tariqasida qatnay boshlagandi.

2020 yilning 1 dekabr kunidan boshlab esa 51-yo‘nalishda (Yunusobod 6-mavze—Beshyog‘och maydoni) 12 metrlik Zhongtong elektr avtobusi sinov tariqasida harakatlana boshladi. Bundan tashqari, Toshkentga uch yil ichida 300 ta yangi elektrobus olib kelinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentga Xitoydan 20 ta elektrobus olib kelindi