«Adolat» partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini, unga VPN orqali kirish imkoniyati bilan birga bloklashni taklif qildi. Avvalroq «Milliy tiklanish» partiyasi ham bunday tashabbus bilan chiqqan edi.
Deputatlar nima deyishyapti?
«Adolat» partiyasi ilova «yoshlar ongini zaxarlayapti» deb hisoblaydi. Bunga Samarqandda o‘spirin yigitning yoshi katta odamni sababsiz tepib, unga jarohat yetkazgani misol sifatida keltirildi.
- Jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish, TikTok kabi internetdagi foydadan ko‘ra, koproq zarar keltirayotgan mobil ilovalarni butunlay bloklash kerak, — deb hisoblaydi partiya vakillari.
«Milliy tiklanish» partiyasi TikTok’ni bolalar uchun xavfli deb hisoblaydi va ushbu tarmoq faoliyatini to‘laligicha bloklashni taklif qiladi.
- Biz TikTok kabi axborot manbalarida yuzaga keladigan infoepidemiyaning oldini olish uchun qonuniy choralarni kuchaytirishimiz kerak, — deb hisoblaydi partiya vakillari.
TikTok O‘zbekistonda qanchalik ommalashgan?
TikTok mamlakatlar bo‘yicha aniq raqamlar bilan bo‘lishmaydi, ammo butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham eng ko‘p yuklangan ilovalar qatoriga kiradi. Masalan, 2020 yilda u O‘zbekistonda bir necha oy ketma-ket eng ko‘p yuklangan ilova sifatida birinchi o‘rinni egallagan.
2022 yil boshida TikTok tarmog‘i mamlakatning eng ko‘p foydalaniladigan ilovalar Top-10 ligiga kirmoqda.
VPN va TikTok o‘zaro qanday bog‘langan?
O‘zbekistonda – tog‘ridan to‘g‘ri. Ilova egasi ByteDance kompaniyasi serverlar lokalizatsiyasi haqidagi O‘zbekiston hukumati talablarini bajarmadi. Ilova 2021 yilning yozidan mamlakat hududida cheklangan mahsulotlar ro‘yxatida.
Cheklov bloklanganlikni anglatmaydi. TikTok tarmog‘i ishlaydi, ammo sahifalar, rasmlar va videolar uzoq (10-15 soniyadan ko‘proq) yuklanadi.
Texnik tomondan buning qanday amalga oshirilishi haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas. Biroq xorij tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, TikTok O‘zbekistonda «sheyping» qilinadi.
O‘zbekistonliklar TikTok’ning barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun VPN-ilovalarini yuklab olishga majbur. Ijtimoiy tarmoqlar faoliyati «O‘zkomnazorat» tomonidan cheklanishi bilan, VPN-ilovalar yuklanishi keskin ortdi.
TikTok’ni bloklashgan bo‘lsa, VPN’ni ham bloklashlari mumkinmi?
TikTok va VPN – mutlaqo turli ilovalar. HideMy.name rahbari Markus Saarning ta’kidlashicha, VPN’ni bloklash katta muammo.
- Saytdan farqli o‘laroq, VPN’ning o‘zini bloklashning deyarli iloji yo‘q, bundan tashqari, buning uchun har bitta alohida servis, tarmoq tuzilmasi va h.k.larning ishlash prinsiplarini chuqur o‘rganish talab etiladi, — deydi Saar.
Uning ta’kidlashicha, dunyoda bir necha yuzlab VPN servislar mavjud. Hatto ularning barchasi bloklangan taqdirda ham, yangilari paydo bo‘laveradi.
- Shunday bo‘lsa-da, tarmoq VPN-servis tomonidan operativ tarzda qayta tuzilishi mumkin bo‘lib, hammasi boshidan amalga oshirilishi talab etiladi (shu bilan birga, jarayon to‘liq avtomatlashtirilishi ham mumkin). Amalda esa hech kim bunday ishlar bilan shug‘ullanmaydi, hattoki Xitoyda ham, — deb yakunlaydi Saar.
«Daryo» muhbiri bilan suhbatlashgan mutaxassislarning tasdiqlashlaricha, O‘zbekistonda VPN’ning ma’lum servislari bloklansa ham, texnologiya ko‘plab realizatsiyalarga ega bo‘lganligi sababli uning o‘zini hech qanaqasiga bloklab bo‘lmaydi. Masalan, shaxsiy VPN-servisni ishga tushirish yoki VPN faoliyatini Tor yoki I2P tarmoqlari orqali sozlash mumkin.
Biroq O‘zbekistonda VPN faoliyatini nazariy jihatdan cheklashning iloji bor, deb ta’kidlaydi «Daryo» suhbatdoshlari. Hammasi hukumatning bu ishni amalga oshirish uchun qancha vaqt va mablag‘ sarflashga tayyorligiga bog‘liq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot