11:33 / 04.02.2022
791

Pastdarg‘omda 200 mln. so‘m aliment to‘landi

Pastdarg‘omda 200 mln. so‘m aliment to‘landi
Qonunchilikda belgilangan amaldagi tartibga ko‘ra, qarzdor otalar farzandlari uchun belgilangan aliment pulini oldindan, ya’ni voyaga yetgunga qadar bo‘lgan summani to‘lashi mumkin.

Fuqarolik ishlari Pastdarg‘om tuman sudining qaroriga asosan qarzdor Sh.X.dan undiruvchi G.M.ning foydasiga uch nafar farzandining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Yillar davomida bir necha ogohlantirishlarga qaramasdan aliment pullarini to‘lamagan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan keyingi tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota farzandlari voyaga yetgunigacha hisoblangan 200 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pastdarg‘omda 200 mln. so‘m aliment to‘landi