Komil Allamjonov «Navbahor» klubidan o‘z logosini almashtirishni so‘radi

Komil Allamjonov «Navbahor» klubidan o‘z logosini almashtirishni so‘radi
Foto: Telegram / @Navbahornews
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov «Navbahor» klubidan logotipni zudlik bilan almashtirishni so‘radi.

Bunga u «Navbahor» klubining yangi logosi Mass-media fondi logotipiga o‘xshab qolganini sabab qilib ko‘rsatgan.

«‘Navbahor’ futbol klubiga logotiplar muborak bo‘lsin! Bu Mass-media fondining logosi. Faqat burgut orqaga qarab turibdi. Yoki Stefano Richchi bosh homiymi? Unday desa ham, bizni logoga o‘xshab qolibdi-ku.

Agar buni zudlik bilan almashtirmasangiz, klub Allamjonovga o‘tib qoldi, degan gaplar ham chiqadi ertaga. To‘g‘ri, biz futbolga qiziqamiz, lekin klub ochadigan darajaga yetib kelmadik
», — deb yozadi Allamjonov.
Komil Allamjonov «Navbahor» klubidan o‘z logosini almashtirishni so‘radi
Foto: Telegram
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvarida O‘zbekistonda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ish boshlagandi. Fond emblemasi o‘sha yilning fevralida tasdiqlangan. Emblema markazida burgut tasvirlangan, uning atrofidagi aylana ichida jamoat fondi nomi yozilgan.

Ma’lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishdir.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar