Namangan viloyati Uychi tumanida 30 yanvar fuqaro sinfdoshini kurakda turmaydigan gaplari uchun pichoqladi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, shu kuni J.I. ismli fuqaro (1987 yilda tug‘ilgan) Hamzaobod ko‘chasida joylashgan sinfdoshi N.D.ning uyiga borgan. Uni yashash xonadonidan chiqarib, janjallashgan. Shu payt N.D. boshi bilan J.I.ning yuziga urgan. J.I. esa o‘zida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan sinfdoshining chap yonbosh qorin sohasiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, N.D.ning chap yonbosh sohasidan qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi kesilgan sanchilgan jarohati bor bo‘lib, ushbu jarohat hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohatlar sirasiga kiradi.
Tergov davomida jinoyatning kelib chiqish sababi aniqlanganda, 30 yanvar kuni gumonlanuvchi, jabrlanuvchi hamda ularning yana 7 nafar sinfdoshi «Oqtosh» mahallasi hududida joylashgan kafelarning birida spirtli ichimliklar iste’mol qilib o‘tirgani, shu vaqtda N.D. sinfdoshi J.I.ning shaxsiyatiga tegib, haqorat qilgan. O‘tirish tugaganidan so‘ng, J.I. sinfdoshi N.D.ning uyiga borib yuqoridagi holatni vujudga keltirgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan J.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot