
2022 yilning o‘tgan davrida to‘rt nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Ularning uch nafari o‘z arizasiga ko‘ra, bir nafari sudyalik qasamyodini buzgani sababli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari joriy yilning 4 fevral kuni poytaxt sudlarida faoliyat ko‘rsatayotgan X. Parpiyev (jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi), A. Mengliyev (fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi), I. Rajabov, N. Hamidov, O. Gulyamova, O. Ismoilov (Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari), I. Sabirov (jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining raisi), Z. Bobonov (jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining raisi ), J. Najimov (jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi) mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.
Sudya LavozimiIntizomiy JavobgarlikToshkent SudlariSudyalar OliygahiAriza BerishJinoyat Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar