«Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning har yilgi qishki ta’tili to‘g‘risida»gi prezident farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning qishki ta’til vaqtida o‘zlari doimiy ravishda istiqomat qilayotgan joylarga o‘z vaqtida va xavfsiz yetib borishlarini tashkillashtirish, ularning qishki ta’til vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishi ta’minlanadi. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish bo‘yicha takliflari ma’qullangan.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari mavjud sharoitdan kelib chiqib o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqiga ega hisoblanadi. Tizimida davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari:
- qishki ta’tilni uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi;
- kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim tashkilotida ta’lim oluvchilar va o‘quvchilarning doimiy istiqomat joylariga borib kelishiga yordam beradi;
- o‘quvchi va talabalar uchun qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma to‘lovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yo‘lovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poyezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalar sotuvi tashkil etiladi;
- o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun ham imtiyozli chiptalar taqdim etish mexanizmi joriy etiladi. Ularning qishki ta’tilda harakatlanish grafigini muvofiqlashtirish maqsadida yashash joyi respublikaning bir mintaqasida, ta’lim olish joyi esa boshqa mintaqasida bo‘lgan o‘quvchi va talabalar haqida maxsus elektron platformani yaratiladi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari 2022 yil 1 mayga qadar platforma faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yadi. Bunda platformaga shaxsni verifikatsiya qilish maqsadida Transport vazirligining ulanishi inobatga olinadi.
Har yili 25 noyabrga qadar hududlar kesimida o‘quvchi va talabalar o‘qiydigan ta’lim muassasalari, ulardagi yotoqxonalarning manzillari, o‘quvchi va talabalarni qishki ta’tilga jo‘natish manzillari va boshqa zarur ma’lumotlar platformada joylashtirib boriladi.
Platformani ishlab chiqish, ularga xizmat ko‘rsatish va keyinchalik modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida platformaga kiritiladigan o‘quvchi va talabalar sonidan kelib chiqib mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari platformani doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishiga, shuningdek, uning doimiy texnik qo‘llab-quvvatlanishiga, ma’lumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan prezidentga har yili 1 fevralga qadar axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25 dekabrdan boshlangan edi. Ta’til 2022 yilning 10 yanvarigacha davom etishi va dars jarayonlari 11 yanvardan boshlanishi belgilangandi. Keyinroq oliy ta’lim muassasalarining talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24 yanvargacha uzaytirildi. Bunga sabab qilib rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida 2022 yil 10—24 yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi ko‘rsatilgan.
Qishki ta’til munosabati bilan Uzbekistan Airways va «O‘zbekiston temir yo‘llari» Yangi yil munosabati bilan maxsus chegirmalar e’lon qilgan. Keyinchalik talabalarga avia va temir yo‘l chiptalarni 24 yanvargacha bepul almashtirish imkoni berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi