
Bugun, 2022 yil 6 fevral kuni soat 10:10 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.Y. «Volvo» rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan.
Natijada haydovchi M.Y.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan tuman YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand ViloyatiKattaqo‘rg‘on TumaniM-37 Yo‘lYTH Sodir Bo‘ldiHaydovchi M.YTez Tibbiy Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar