Prezident Shavkat Mirziyoyev «Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi, deb xabar beradi Norma
Unga ko‘ra, 1994 yil 6 maydagi «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi 1062-XII-son qonun «Sanoat mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi» bo‘limi bilan to‘ldirilgan.
Xususan, sanoat mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik asoslari belgilangan:
- tegishli patentlangan sanoat mulki ob’ektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek, ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish — yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha (54 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.
Bundan tashqari, 2001 yil 30 avgustdagi «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi 267-II-son qonunga tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibini belgilovchi modda kiritilgan.
Jumladan, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish — BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.
Jarima summasi miqdorining 70 foizi bir oy ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
2006 yil 18 sentyabrdagi «Firma nomlari to‘g‘risida»gi qonun modda bilan to‘ldirilgan, unga muvofiq firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, 1996 yil 27 dekabrdagi «Advokatura to‘g‘risida»gi 349-I-son qonunga qator xizmatlarni avtomatlashtirish va texnik ko‘mak berish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilgan. Jumladan, advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi