Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Qashqadaryodagi tumanlardan birining hokim o‘rinbosari katta summa bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. Bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Murotjon Azimov qo‘lga tushgan mutassaddi kimligini ma’lum qildi.
—Bugundan viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini e’lon qilmoqchiman, — dedi Murotjon Azimov. — Endi ishxonamiz sha’ni deb yashirib o‘tirishni yig‘ishtiradi hamma tashkilotlar. Tashkilot yoki hokimlik sha’nini emas, davlatimiz sha’ni va rivojlanishini o‘ylasak, yaxshi bo‘lar edi. Mana Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bo‘lsada, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 000 AQSH dollarining 50 000ni olayotganda qo‘lga tushgan.
Bu ishda tuman hokimini ham oqlamayman. Ijtimoy tarmoqlarni o‘qidingizmi Sh.Sanayev «baliq boshidan» degan gaplar chiqayapti. Afsuski, bu gaplarda jon bor. Mirishkorga borganimda nuroniylar yo‘limga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shug‘illanmasdan faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda?
Viloyat rahbari prezident topshiriqlari ijrosini bajarmagan, e’tiborsiz qaragan har qanday rahbar vazifasidan ozod etilishini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi