
Foto: Telegram / Ekologuz
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida xitoyliklar itlarni o‘ldirib, osib qo‘ygani aytilmoqda. Bu haqda ekologiya muammolarini yoritib keladigan «Ekologuz» Telegram-kanalida xabar berildi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumani Sharg‘un shahrida joylashgan shaxta yaqinida ishlayotgan xitoyliklar itlarga nisbatan shafqatsizlik qilmoqda. Ular itlarni o‘ldirib, ilib qo‘ygan. Bu haqda kanal adminiga shu hududda yashaydigan shaxs murojaat qilgan.
«Chet elda hayvonlarni o‘ldirganlarga 10 yil qamoq jazosi beriladi. O‘zbekistonda-chi? Nega hayvonlarga shafqatsizlik qilganlar bemalol yurishi kerak? Xitoyliklar chet ellikman deb yurtimizda istagan ishini qilishi mumkinmi?» - deb yozgan murojaatchi.
«Itni o‘ldirib, ilib qo‘yishdan maqsad nima? Afsuski, o‘ylarimiz xitoyliklarning itni iste’mol qilishi borasidagi gumonlarga yetaklamoqda. Haqiqatan ham vaziyat shu holatga kelguncha mutasaddilar qarab turdimi? Ko‘rinib turibdiki, bu itning o‘ligi osilgan joyda odamlar yashaydi. Demak, qilgan gumonlarimiz haqiqatga yaqin. Biz holat bo‘yicha rasmiy izoh kutamiz. Bu holatlarni jimgina bosti-bosti bo‘lishidan norozimiz», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!