19:44 / 07.02.2022
1 636

Aliment pullari plastik kartalarga o‘tkazilmoqda

Aliment pullari plastik kartalarga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmoni qabul qilinib, Byuro organlariga yanada mas’uliyatli vazifa hamda vakolatlar belgilab berildi.

Bunda, aliment undiruvchi nomiga bank plastik kartasini rasmiylashtirish uchun aliment oluvchi haqidagi ma’lumot va tegishli hujjatlar bankka “MIB-Portal” orqali elektron shaklda yuboriladi va bank tomonidan undiruvchi nomiga ochilgan plastik karta ma’lumotlari elektron shaklda Byuroga taqdim qilinadi va “MIB-Portal” modulida avtomatik tarzda aks etadi.

Bugungi kunda, Byuro organlari tomonidan undirilgan aliment pullari undiruvchilar nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib berilmoqda.
Misol uchun, Byuroning Buxoro tumani bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 30.03.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Q.Q.dan undiruvchi M.Sh. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun barcha daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ijro hujjati mavjud.

Qarzdorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 06 oktabr kunidagi 808-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari tushuntirildi va sudning qaroriga ijro hujjatining ijro etish usuli va tartibi o‘zgartirildi.

Qaror mazmun-mohiyatini tushunib yetgan qarzdor Q.Q. undiruvchi M.Shga besh yillik 93 million 282 ming aliment pullari undirildi va undiruvchi M.Sh. nomiga ochilgan plastik kartaga o‘tkazib berildi.

Xuddi shunday, G‘ijduvon tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 02.08.2012 yildagi qaroriga asosan qarzdor J.T.dan undiruvchi Z.O. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Tushuntirishlar natijasida qarzdor va undiruvchi o‘rtasida alimentni pul mablag‘lari shaklida to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishildi va undiruvchiga 44,4 mln. so‘m besh yillik aliment qarzi undirilib, undiruvchi plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment pullari plastik kartalarga o‘tkazilmoqda