21:31 / 08.02.2022
1 192

Fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi

Fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
Ko‘cha ko‘yda “Ehtiyotkorlik davr talabi”, “Yo‘l qoidasi umr foydasi” degan maqollar ko‘p uchraydi. Biroq unga amal qilishning qanchalik foydali ekanligini juda kech anglab yetganlar ham yo‘q emas.

2021 yil dekabr oyining 14-kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi ochiq sud majlisida sudya Z.Ibragimovning raisligida sudlanuvchi G.A.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi G.A. 2021 yil 19 avgust kuni soat 00:10da, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Malibu-1” rusumli davlat raqami 50 O 475 LA bo‘lgan avtomashinani Navbahor tumani hududidan o‘tgan davlat ahamiyatga ega bo‘lgan, “Qizilqum Halqasi” 4R-57 avtomobil yo‘lining 29 km. oralig‘ida “Navoiy-Nurota” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabr kunidagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 2016 yil 1 mart kunidan e’tiboran amalga kiritilgan «Yo‘l harakati qoidalari»ning 2-bandida, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan”ligi to‘g‘risidagi qoida talablariga rioya qilmasdan, o‘zining ehtiyotsizligi sababli mazkur yo‘l harakat qoidasini qo‘pol ravishda buzib, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro O.Sharipovning boshqaruvida bo‘lgan davlat belgisisiz, “Motonakliyot” (muravey) rusumli mototsikl bilan o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, “Motonakliyot” (Muravey) mototsikl haydovchisi Sh.O. RSTEIAMNVF Navbahor tuman bo‘linmasining 28.08.2021 yilgi 35-sonli sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan, shuningdek “Motonakliyot” (Muravey) mototsikl yo‘lovchisi F.A. RSTEIAMNVF Nurota tuman bo‘linmasining 08.10.2021 yilgi 477-sonli tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati olgan, shuningdek ushbu “Malibu-1” rusumli, davlat raqami 50 O 475 LA bo‘lgan avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan Bekov Zavqiddin Norbekovich RSTEIAMNVF Navbahor tuman bo‘linmasining 24.08.2021 yilgi 233-sonli sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.

Sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, sudlanuvchi G.A.ga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan 3 yil muddatga mahrum etib, muddati 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Aslida, sudlanuvchi G.A.ning voqealarning bunday rivojini kutmaganligi, qilmishidan pushaymonligi bot-bot takrorlanayotgan bo‘lsada, endi marhumlarni hayotga qaytarishning imkonsizligi dilni xira qiladi.

Yo‘lda haydovchilardan ularni o‘z oilasi uyida kutayotganligini unutmasliklarini so‘raymiz.

Zafar Ibragimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi