
Neyrodegenerativ kasalliklar "COVID-19"ning og‘ir oqibatiga aylanishi mumkin. Bu haqda rossiyalik immunolog Nikolay Kryuchkov aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim bemorlarda depressiya, bosh og‘rig‘i, diqqatni jamlashning buzilishi va boshqa nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan. Bunday muammolar qon tomir genezisning buzilishini ko‘rsatishi mumkin.
"Bu mikrosirkulyatsiyaning, miyani kislorod bilan ta’minlashning buzilishi, yallig‘lanish bo‘lishi mumkin va nazariy jihatdan ular haqiqatan ham neyrodegeneratsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu gipoteza alohida tasdiqlanishi kerak", deydi shifokor.
Avvalroq, Kryuchkov "Omikron"dan keyin "Delta" yana koronavirusning dominant variantiga aylanishi mumkinligini aytgan edi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, gibrid immunitet egalari "Delta"ning yangi mutatsiyasidan eng yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Ular kasal bo‘lgan, emlangan va qo‘shimcha doza bilan emlanganlardir.
Neyrodegenerativ KasalliklarCOVID-19Nikolay KryuchkovDepressiya Bosh Og‘rig‘iMikrosirkulyatsiyaning BuzilishiGibrid Immunitet O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar