
Kadr: YouTube
Navoiy viloyatida jinoiy guruh a’zolari hokim qarorini asos qilib olib, uning mazmunini o‘zlarining foydasiga buzgan holda davlat zaxirasidagi yer uchastkalarida 13 ta uy-joy qurishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, noqonuniy qurilgan uylar oddiy fuqarolarga sotib yuborilgan. Qurilish noqonuniyligi aniqlangach va tergov boshlangach, ushbu shaxslar bloger va jurnalistlarga huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ta’qib qilinayotganini aytib, murojaatlar yo‘llagan.
Guruh a’zolari uylarni noqonuniy qurib, 13 nafar fuqaro yerni olishi uchun soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng ular hokimning 2007 yilda yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorining arxiv nusxasini olib, kadastr hujjatlarini olish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan.
Prokuratura xodimlari tekshiruv davomida «Google xarita» tizimi orqali oldinlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan hududda so‘nggi ikki yil davomida soxta hujjatlar asosida noqonuniy qurilish ishlari olib borilganini aniqlagan.
«2020 yilning may—iyun oylarida qurilishi hali yakunlanmagan ushbu uylar uchun kadastr hujjatlarini qildim. Men ularni foydalanishga topshirilgan uylar sifatida rasmiylashtirdim. Aslida esa bu kabi kadastr hujjatlarini tuzishdan oldin ob’ekt va uning hududi yaxshilab o‘rganilishi kerak edi», — deydi kadastr xodimi.
«Karmana tumani hududining bir qismi Navoiy shahri tarkibiga o‘tgach, davlat zaxirasida qolgan ma’lum uchastkalar qoldi. Biz ushbu uchastkalardan uylarni qurishda foydalanishga qaror qildik. Uylarni rasmiylashtirish uchun esa tanishlarimizning pasportlari nusxasidan foydalandik. Ular bundan bexabar edi. Har biri 6 sotixdan bo‘lgan jami 13 ta uyni qurdik», — deydi jinoiy guruh a’zolaridan biri.
Tergovlar boshlanguncha, ushbu bloger va OAVni jalb etgan holda mavzu atrofida shov-shuv ko‘tarishga uringan.
«Xaridorlarni so‘roqqa chaqirish boshlangach, biz o‘z faoliyatimizni yashirish maqsadida jurnalist va blogerlarga murojaat qilishga qaror qildik. Biz yordam beradi degan umidda yolg‘on ma’lumotlarni berdik», — deydi guruh a’zolaridan yana biri.
Ta’kidlanishicha, hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Navoiy ViloyatiNoqonuniy QurilishJinoiy GuruhDavlat XizmatlariKadastr HujjatlariTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar