Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
«Ma’lum bo‘lishicha, 9 fevral kuni soat 19:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumanida YPX xodimi tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida ishoralar orqali xizmat olib borayotgan vaqtda «Lacetti» avtomobili haydovchisi uning ishorasiga rioya qilmagan.
Haydovchi yo‘l o‘rtasida to‘xtab turli xatti-harakatlar bilan xodimning xizmat faoliyatiga xalaqit bergan. Shundan so‘ng, xodim va haydovchi o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan. YPX xodimi chorrahada vaziyat hamda tirbandlik keskinlashuvining oldini olish maqsadida aloqa vositasi orqali yordam chaqirgan. Voqea joyiga qo‘shimcha yordamchi xodimlar kelib holat rasmiylashtirilgan. Ayni paytda dastlabki surishtiruvlar davom etmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"