Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari viloyatdagi obodonlashtirish ishlari va yangi qurilayotgan inshootlar bilan tanishish asnosida Samarqand shahrida yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichni ham ko‘zdan kechirdi.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan muloqot chog‘ida yo‘l harakati xavfsizligiga e’tibor qaratish o‘ta muhim zarurat ekanini alohida ta’kidlab o‘tgan.
— Har bir hokim o‘z hududidagi yo‘llarda har oy yurib turishi shart. Qayerga yangi svetofor o‘rnatish kerak, qay birining joyini o‘zgartirishi lozim, bularni o‘rganib boradigan ilmiy-tahliliy markaz faoliyati ham yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Mashinalar, odamlar ko‘payyapti, lekin svetoforlarimiz, yo‘llarimiz hali eski. Ularni zamonga moslashtirish kerak. Xozir mashina har oy emas, har kuni ko‘paymoqda. Eskicha qarashlar bilan xavfsizlikni ta’minlay olmaymiz. Shaharda eng yuqori tezlikni soatiga 60 kilometrga qadar tushirish kerak. Bu borada qaror qabul qilamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shuningdek tramvaylar faoliyatiga ham yuqori baho berdi va uning yo‘nalishini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
— Tramvay — ekologik jihatdan toza va xavfsiz transportdir. Samarqand aholisi bir millionga yetishi kutilmoqda, bu shaharga tramvay zarur bo‘lgani uchun olib kelganmiz. Uning yo‘nalishini kengaytirish va bunga davlat xususiy sherikligi asosida investorlarni jalb etish kerak. O‘nta avtobus olgandan ko‘ra ikkita vagon qo‘ygan afzal emasmi?
Umuman, Toshkentga ham tramvayni qaytaramiz. Menga aynan shunday taklif bilan ko‘p xat va mulohazalar kelib turibdi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"