20:05 / 10.02.2022
1 285

Ellik yashar fuqaro qari onasini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi

Ellik yashar fuqaro qari onasini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi
8 fevral kuni Kogon shahar «Buxoroyi Sharif» mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan Ch.O‘. o‘z uyida 1949 yilda tug‘ilgan onasi N.O.ni oilaviy kelishmovchilik sabab qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Mazkur ma’lumot IIB xabarida e’lon qilindi.

Holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan sud tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Ch.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u qamoqqa olingan.

10 fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida, Soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanov hamda Kogon shahar 4 ta sektor rahbarlari, jinoyat sodir bo‘lgan «Buxoroyi Sharif» mahallasiga biriktirilgan taalluqli idoralar vakillari, mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari, hududiy profilaktika inspektori, hokim yordamchisi va yoshlar bilan ishlab bo‘yicha yetakchisi, mahalla hududidagi ko‘cha vakillari, faollar va keng jamoatchilik ishtirokida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari, shuningdek, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, profilaktik tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi va jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.

Jinoyatni muhokama qilish jarayonida ushbu mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan hisobotlari tinglanib, mas’ullar mazkur jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar yuzasidan tushuntirishlar berdilar, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ellik yashar fuqaro qari onasini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi