date
views 945

Jizzaxda noqonuniy faoliyat yuritayotgan spirtli ichimlik sexi aniqlandi

Jizzaxda noqonuniy faoliyat yuritayotgan spirtli ichimlik sexi aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin korxona faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning G‘allaorol tuman bo‘limi va IIB hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro B.B. o‘zining yashash xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. Ushbu xonadondan umumiy qiymati 21,6 million so‘mlik iste’mol uchun yaroqsiz 219 dona alkogol mahsulotlari, 997 dona aksiz marka va ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat