13:00 / 13.02.2022
832

Ruhiy bemor erkak qornini shisha bo‘lagi bilan kesdi

Ruhiy bemor erkak qornini shisha bo‘lagi bilan kesdi
Skrinshot/Bugun.uz
Qo‘qon shahrida bir erkak qorin qismini shisha bo‘lagi bilan kesib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan bayonot e’lon qildi.

Aniqlanishicha, 12 fevral kuni 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro M.R. akasi tomonidan Narkologiya dispanseriga olib borilgan. U yerda M.R. kuchli psixoz holatida qabul qilinib, muassasaga yotqizilgan va unga kerakli muolajalar qilingan.

Olib borilgan davo muolajalarga qaramasdan, fuqaro noixtiyoriy ravishda turli harakatlarni sodir etib, bo‘lim oynalarini sindirib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va muassasadan chiqib ketgan.

Ko‘chada ijtimoiy xavfli harakatlarini sodir etishni davom etib, «Aviakassa» kirish eshigi oynasini boshi bilan urib, qorin qismiga qo‘lida bo‘lgan shisha bo‘lagi bilan jarohat yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot tariqasida: O‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165 va 276-moddalari bilan sudlangan.

2020 yil iyul oyida narkologiya dispanserida turli narkotik va psixotrop moddalar iste’mol qiluvchi (polinarkomaniya) bemor sifatida nazoratga olingan. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruhiy bemor erkak qornini shisha bo‘lagi bilan kesdi