Foto: «Internist»
Britaniyalik tadqiqotchilar yuqori qon bosimi bor odamlar paratsetamoldan muntazam foydalanishi insult va yurak xastaliklari xavfini tug‘diradi, deya ogohlantirishdi. Bu haqda «GB News» xabar berdi.
Tadqiqot xulosalari paratsetamol qon bosimiga xuddi nostreoid yallig‘lanishga qarshi dorilar (masalan, ibuprofen) kabi ta’sir kuchiga egaligini ko‘rsatdi: ular qon bosimini oshirish, shu bilan birga, yurak xastaliklari xavfini tug‘dirish xususiyatiga ega.
Olimlarning ta’kidlashicha, muntazam paratsetamol iste’mol qilish oqibatida arterial bosimning oshishi insult va yurak xastaliklari kelib chiqishi ehtimolini 20 foizga o‘stiradi.
«Ushbu tadqiqot dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan dori — paratsetamol qon bosimini oshirishini va bu yurak xastaliklari va insultni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Shifokorlar va bemorlar, ayniqsa, yurak-qon tomir xastaliklari xavfi bor bemorlar, o‘zaro paratsetamolni uzoq vaqt qo‘llashning foydasi va xavfini taroziga qo‘yib ko‘rishlari lozim bo‘ladi», — dedi Edinburg universiteti klinik farmakologiya kafedrasi rahbari Jeyms Dir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi