
Namangan viloyatida fuqaroni hamshiralikka ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan hamshira va uning sherigi mudir o‘rinbosari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi M.S. fuqaro F.ni sog‘liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali Kardiologiya shifoxonasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli «Maxsus zaxira bazasi» bo‘limi mudiri o‘rinbosari A.A. hamshira M.S.dan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Namangan ViloyatiHamshiraMudir O‘rinbosariKardiologiya ShifoxonasiSog‘liqni SaqlashJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar