971
Facebook’da tanishgan ayolni qo‘rqitib, undan 10 mln so‘m talab qilgan turkiyalik qo‘lga tushdi
28 yanvar kuni fuqaro T.F. (36 yosh) Jizzax viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar qildi IIV Tergov departamenti.
Unda 2021 yil iyul oyida Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali 38 yoshli Turkiya fuqarosi A.Ch. bilan tanishib qolganligi, shu vaqtdan boshlab u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelib, A.Ch. uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini o‘z uyali aloqa vositasiga yuklab olganini aytdi.
Xorijlik bu ma’lumotlarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, agar ma’lumotlar oshkor bo‘lmasligini xohlasa unga 10 mln so‘m berishini talab qilganligi, o‘z navbatida majbur ahvolda qolib, pul to‘plab, o‘zining ukasi orqali A.Ch.,ga 5 mln so‘m pullarni taqdim qildi.
Tergovga qadar tekshiruvda A.Ch.ning foydalanuvida bo‘lgan “SAMSUNG A71” telefoni ko‘zdan kechirilganda, xotirasida fuqaro T.F.ning 64 dona rasmlari borligi aniqlanib, telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda