Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-sonli Farmonida bir qator vazirliklar bilan birga Oliy sudga ham nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv seminarlarini o‘tkazish uchun vazirlik va idoralarning amaliyot xodimlarini jalb qilish orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda TDYUU va yuridik fakultetlarga doimiy ravishda har tomonlama ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida “Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumda talabalarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etish va qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida sudlarda amaliyot o‘tashlari nazarda tutilgan.
Shulardan kelib chiqib, 2022 yil 7 fevraldan joriy yilning aprel oyiga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 4-kurs talabalari Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tash uchun kelishgan.
Fursatdan foydalanib, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ushbu sudning sudyalari hamda talabalar ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda stajirovka o‘tash tartibi, ta’lim va amaliyotning uzviyligini ta’minlash, talabaning qiziqishi, intilishi hamda qobiliyatini inobatga olgan holda keyinchalik sud idoralariga ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida ham so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, sud sohasida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, bu borada qabul qilingan normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati, sudlar faoliyatiga axborot texnologiyalarning keng tatbiq etilishining afzalliklari haqida talabalarga tushuntishlar berildi.
O‘z navbatida, talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan sudyalarga murojaat etishdi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda