07:56 / 16.02.2022
1 154

Mast haydovchi ham «prava»sidan, ham mashinasidan ayrildi

Mast haydovchi ham «prava»sidan, ham mashinasidan ayrildi
Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida baliqchilik fuqaro Z.B. mast holatda transport vositasini boshqargan vaqtda aniqlangan va unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, fuqaro Z.B.ni ikki yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilib, unga 6 750 000 so‘m jarima jazosini tayinlagan.

Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari qarzdor Z.B.ni ma’muriy jarima pullarini o‘z vaqtida to‘lashi yuzasidan ogohlantiradi. Biroq, qarzdor tomonidan jarima pullari ixtiyoriy muddat ichida to‘lanmagani sababli, qarzdorga tegishli Damas mashinasi xatlanib, jarima maydoniga tortildi.

Ma’lumki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi, 1-qismiga asosan haydovchilarning transport vositalarini mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mast haydovchi ham «prava»sidan, ham mashinasidan ayrildi