Toshkent shahri Mirobod tumanida pnevmatik miltiq yordamida hayvonlarni poylab yurgan fuqaro ushlandi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12 fevral kuni M.N. ismli ayol «Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga ariza yozgan. Ariza Mirobod tumani IIBga yetkazilgan. Ayol o‘z murojaatida miltiqda mushuk va itlarni otib yuradigan qo‘shnisi I.A.ga (29 yoshli) chora ko‘rishni so‘ragan.
Qoidabuzar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar sudga yo‘naltirilgan.
Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi I.A.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida qayd etilgan moddalari bo‘yicha aybdor deb topgan. Unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda