Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 15 fevral kuni soat 09:30 larda Yakkabog‘ tumani Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi B.Karimov tomonidan Nexia-3 avtomobili haydovchisiga xavfsizlik kamaridan foydalanmagani uchun to‘xtash ishorasi ko‘rsatilgan. Haydovchi ishoraga bo‘ysunmasdan harakatda davom etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi to‘xtatilgan.
YPX xodimlari tomonidan qoidabuzarligi bo‘yicha tushuntirishlar berilishiga qaramasdan, haydovchi inspektorlarga faol qarshilik ko‘rsatib atrofdagilarning ham e’tiborini mazkur vaziyatga jalb etgan. Jarayon davomida atrofda bo‘lgan ayrim fuqarolar YPX xodimlarining o‘z xizmat faoliyatini bajarishiga xalaqit bergan.
Haydovchiga nisbatan YPX xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) 1-qismi, 194 (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda 195-moddalari (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, atrofda bo‘lgan, xodimlarning o‘z xizmat faoliyatini bajarishiga xalaqit bergan fuqarolar yuzasidan ham surishtiruv olib borilib, to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudiga yuborilishi choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi